O‘zbekistonning JCHdagi ilk o‘yini uchun asosiy tarkibi e’lon qilindi
Sport
−
04:54 2649 1 daqiqa
Bugun, 18 iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini o‘tkazadi. Mazkur bahsni asosiy tarkibda boshlaydigan o‘zbekistonlik futbolchilar ma’lum bo‘ldi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining Kolumbiya terma jamoasiga qarshi Jahon chempionatidagi dastlabki uchrashuvini o‘tkazadi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan tongi soat 07:00 da boshlanadi.
Guruhning ikkinchi bahsida Portugaliya terma jamoasi Kongo DR bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Jahon chempionatining navbatdagi bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi Xyustonda 23 iyun kuni Portugaliya bilan, 27 iyun kuni esa Atalantada Kongo Demokratik Respublikasi bilan bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatdagi ilk uchrashuvi munosabati bilan barcha davlat tashkilotlarida ish vaqtini soat 10:00 da boshlanishini belgilab bergandi.
Live
Barchasi