Husanov Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Angliyaning “Manchester Siti” klubi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov “Goalpost” nashri talqiniga ko‘ra 2025 yilning Osiyodagi eng yaxshi yosh futbolchisi deb e’tirof etildi.

O‘tgan yil 21 yoshli futbolchi uchun tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Yanvar oyida Husanov “Manchester Siti” safiga o‘tib, Angliya Premer-ligasida debyut qilgan ilk o‘zbekistonlik futbolchi sifatida tarixga kirdi.

Iyun oyida u O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan birga termani Jahon chempionatiga olib chiqishga hissa qo‘shdi. Joriy mavsumda himoyachi “shaharliklar” safida to‘qqizta uchrashuvda maydonga tushdi.

“Goalpost” o‘tkazgan so‘rovnomada Husanov Osiyoning bir qator istiqbolli futbolchilarini ortda qoldirdi. Ular orasida:

Abbosbek Fayzullayev (“Istanbul Bashakshehir”, O‘zbekiston);

Nestori Irankunda (“Uotford”, Avstraliya);

Marselino Ferdinand (“Oksford Yunayted”, Indoneziya);

Li Xan Bom (“Midtyulland”, Janubiy Koreya);

Ali Jasim (“Komo” / “Al-Najma”, Iroq).

Bundan tashqari, Abduqodir Husanov “The Athletic” nashri tuzgan dunyoning eng kuchli 100 nafar futbolchisi reytingida 86-o‘rinni egalladi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti eng yaxshi Husanov e'tirof

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing