Husanov “Real”, “Bavariya” va “Barselona” nazariga tushgan – ekspert

Sport

image

“Manchester Siti” va Shotlandiya terma jamoasining sobiq markaziy himoyachisi Kolin Xendri o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov haqida iliq fikr bildirdi va u Yevropaning eng yirik grant klublarida o‘ynashga qodir ekanini ta’kidladi. Bu haqda Xendri City Xtra nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Ekspertning aytishicha, 22 yoshli o‘zbekistonlik himoyachi Angliyadagi jadal o‘sishidan keyin Madridning “Real” klubi e’tiborini tortgan.

“Abduqodir “Chelsi”ga qarshi debyut o‘yinida xatoga yo‘l qo‘ygan edi, ammo shundan beri men uni har safar ko‘rganimda, u haqiqatan ham o‘ziga xos o‘yin va sifatlarni namoyish qilib kelmoqda. Balkim, avvalgi mavsumlarda “Manchester Siti” himoyada yaxshiroq o‘ynagandir, ammo Husanov hali yanada ko‘proq o‘sishi mumkin bo‘lgan futbolchi. Ko‘plab klublar uni sotib olishni xohlaydi, lekin “Manchester Siti”dan futbolchini olib ketish oson emas. Albatta, “Real Madrid”, “Barselona” va “Bavariya” kabi klublar unga qiziqa boshlagan, chunki Husanov alohida iqtidor egasi”  deydi Kolin Xendri.

Hozirda himoyachining shartnomasi 2029 yilning iyunigacha amal qiladi va klub rahbariyati Abduqodirni sotilmaydigan muhim aktiv, deb hisoblamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Manchester Siti” jamoasi afsonasi Serxio Aguero Abduqodir Husanovning o‘yinini yuqori baholab, agar shu tempda davom etsa, dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biri bo‘lishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

“Manchester Siti” Abduqodir Husanov Kolin Xendri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing