Husniddin Aliqulov Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi mumkin
Sport
−
22 yanvar 3640 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi, Turkiyaning “Rizespor” klubi a’zosi Husniddin Aliqulovning “Gyoztepe” bilan o‘yinda olgan jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi. Futbolchi Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Husniddin Aliqulov joriy yilning 19 yanvar kuni “Gyoztepe” bilan o‘yinda jiddiy jarohat olib, maydonni tark etishga majbur bo‘lgan edi.
O‘tkazilgan tekshiruv va tahlillar natijasida Aliqulovning chap tizzasida ACL (oldingi kesishgan bog‘) yirtilishi, Patellar Subluxation (tizza panjasi yarim chiqishi) va buning natijasida MPFL (tizza bog‘i) shikastlanishi, shuningdek ichki va tashqi meniskuslarda yirtilish, qon ketishi va shishish aniqlangan. Shu sababli operatsiya qilinishi qaror qilingan. Aliqulovning maydonga qaytish muddati taxminan 6–9 oy deb belgilangan.
Shu sabali ham o‘zbekistonlik himoyachi joriy yilning yozida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi ehtimoli juda yuqori.
Ma’lumot uchun, Husniddin Aliqulov jarohati sabab 2023 yil Qatarda bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogini ham o‘tkazib yuborgan edi.
Live
Barchasi