“1 yil urush yoki 12,5 yil qamoq”. O‘zbekistonlik erkak Rossiyada tahdid bilan urushga yuborilganini aytdi
3-sahifa
−
24 dekabr 2025 22400 1 daqiqa
O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan erkak Rossiyada o‘ziga nisbatan narkotik savdosi bilan bog‘liq tuhmat qo‘yilganini va tahdidlar orqali Ukrainaga qarshi urushga yuborilganini ma’lum qildi. Ukrainalik bloger Dmitro Karpenko o‘zbekistonlik bilan suhbatini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida joylashtirdi.
O‘zini O‘zbekiston fuqarosi deb tanishtirgan erkakning aytishicha, u 6 kun davomida hibsda saqlangan va bu vaqt ichida qattiq qiynoqqa solingan. Sudda unga ikki variant taklif qilingan: bir yil urushda qatnashish yoki kamida 12,5 yilga ozodlikdan mahrum etilish.
Videoda bu gaplarni eshitib turgan bloger atigi 6 kunda sud jarayoni bo‘lib o‘tganidan hayratlandi:
“Men bunday holatni hali eshitmagan edim. 6 kunda hukm. Bunday holat faqat O‘zbekiston fuqarolari bilan shunday tez bo‘ladiganga o‘xshaydi”, deydi bloger.
Mazkur intervyuni o‘zini Rossiya armiyasining chirkin taraflarini ochib beruvchi bloger sifatida tanishtirayotgan shaxs olgan. Hozircha ushbu holat yuzasidan Rossiya rasmiylari yoki O‘zbekistonning tegishli idoralari tomonidan munosabat bildirilmagan.
Rossiyadagi o‘zbekistonliklarning shu kabi tuchoqqa tushayotgani haqida oldin ham bir necha marta xabar berilgan. Biroq endilikda nafaqat o‘zbekistonliklar yoki markaziy osiyoliklar, balki hindlar va afrikaliklar ham shunga o‘xshash usullarda Ukrainadagi urushga jalb qilinayotgani ayon.
Nodir Shukurov
Live
Barchasi