10-sinf o‘quvchi BMW bilan YPX inspektorini urib yubordi (video)

3-sahifa

image

Kecha, 25 fevral kuni Toshkeni shahrida 10-sinf o‘quvchisi BMW bilan yo‘l-patrul xizmati inspektorini urib yubordi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Bildirilishicha, soat 21:46 da 2010 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan, xususiy maktabning 10-sinf o‘quvchisi BMW M4 rusumli avtomashinani haydovchilik guvohnomasiz boshqarib, Mirobod tumani Mirobod ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan vaqtda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektorini urib yuborgan. 

YPX inspektori tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tekshiruv yakunlariga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida Lacetti haydovchisi yo‘l-patrul xizmati inspektorini urib yuborgandi.


Maqola muallifi

Teglar

o'quvchi BMW YPX inspektori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing