10-sinf o‘quvchisi BMW’da urib ketgan YPX xodimi vafot etdi
3-sahifa
−
27 fevral 10674 1 daqiqa
Joriy yilning 25 fevral kuni 10 sinf o‘quvchisi BMW’da urib ketgan Yo‘l-patrul xizmati xodimi vafot etdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 25 fevral kuni 21:48 larda Toshkent shahrida xizmat olib borayotgan YPX inspektori kichik serjant Hosilbek Eshnazarov 10-sinf o‘quvchisi bo‘lgan voyaga yetmagan haydovchi boshqaruvidagi BMW rusumli avtomashinaning urib yuborishi oqibatida hayoti uchun og‘ir tan jarohatlarini olgan. 3 kun davomida shifokorlar nazoratida bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimi ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etdi.
“Ichki ishlar vazirligi rahbariyati va ko‘p sonli shaxsiy tarkibi Toshkent shahri IIBB JXX YHXB Yo‘l-patrul xizmati brigadasi 2-bataloni 4-safarbar guruhi yo‘l-patrul xizmati inspektori kichik serjant Eshnazarov Xosilbek Beknazar o‘g‘lining vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi”, deyiladi xabarda.
Kichik serjant Xosilbek Eshnazarov 2022 yildan ichki ishlar organlarida fidokorona xizmat qilgan. Uning ortidan qadrli ota-onasi, suyukli ayoli, 2 nafar o‘g‘il va 1 nafar qiz farzandlari qoldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Live
Barchasi