Navoiydagi YTH sabab 4 kishi halok bo‘ldi
3-sahifa
−
04 mart 7213 1 daqiqa
Navoiy viloyatining Konimex tumanida quvib o‘tish qoidalarini buzish sabab sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 4 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea joriy yil 22 fevral kuni Konimex tumanida sodir bo‘lgan. Sabab sifatida haydovchilarning quvib o‘tish qoidalarini buzishi sabab deb ko‘rsatilgan. Oqibatda to‘rt kishi vafot etgan. Ulardan ikki nafari voqea joyida, yana ikki kishi shifoxonada vafot etgan.
Ayni paytda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Olmazor tumanida to‘rt mashina o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi