100 dan ortiq qozog‘istonlik Erondan evakuatsiya qilindi

Olam

image

Yaqin Sharqdagi keskinlashib borayotgan vaziyat fonida Qozog‘iston hukumati o‘z fuqarolarini Eron hududidan zudlik bilan evakuatsiya qildi. Bu haqda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, yuzaga kelgan tahlikali vaziyatga tezkor munosabat bildirilib, mamlakatning tegishli davlat organlari va xorijdagi diplomatik vakolatxonalari o‘rtasidagi muvofiqlashtirilgan harakatlar evaziga 109 nafar Qozog‘iston fuqarosining xavfsiz evakuatsiyasi ta’minlangan.

Ularning 89 nafari Turkmaniston orqali, 20 nafari esa Ozarbayjon orqali Eronni tark etgan. Evakuatsiya vaqtida barcha fuqarolarga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilgan va vataniga qaytishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.

“Qozog‘iston TIV Eron, Turkmaniston va Ozarbayjon hukumatlariga ko‘rsatgan yordami va konstruktiv hamkorligi uchun minnatdorlik bildiradi. Ular qozog‘istonliklarning butun marshrut bo‘ylab xavfsiz va o‘z vaqtida ko‘chirilishida muhim rol o‘ynadi”, deyiladi rasmiy bayonotda.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, evakuatsiya jarayonida Qozog‘iston diplomatlari 24 soatlik ish rejimida mahalliy hukumatlar bilan harakatlarni muvofiqlashtirgan, logistika masalalarini hal qilgan va vatandoshlariga joylarda zarur yordam ko‘rsatgan.

Shuningdek, qisqa vaqt ichida 200 dan ortiq shaxsiy murojaat ko‘rib chiqilib, Eron hududidagi Qozog‘iston fuqarolari bilan uzluksiz aloqada bo‘lingan, ularning oldindan kelishilgan tranzit yo‘nalishlari bo‘ylab harakatlanishi ta’minlangan.

TIV qayd etishicha, evakuatsiya ishlari davom etmoqda. Hozirda Isroildan ham Qozog‘iston fuqarolarini evakuatsiya qilish ustida ish olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov 16 iyun holatiga ko‘ra, 30 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi Eron hududidan Turkmaniston va Ozarbayjon orqali muvaffaqiyatli evakuatsiya qilinganini bildirgan edi.

Keyinroq esa O‘zbekiston va yana 16 davlatdan bo‘lgan 600 nafar fuqaro Eron hududidan Ozarbayjon orqali olib chiqilgani xabar qilindi. Xususan, MDH davlatlaridan Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari evakuatsiya qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston evakuatsiya Eron-Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing