112 davlat BMTning Hormuz bo‘yicha rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatladi

Olam

image

Hormuz bo‘g‘ozi bo‘yicha Bahrayn boshchiligidagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasini 112 ta davlat qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda diplomatik manbalarga tayanib, “Al Jazeera” xabar berdi.

Bahrayn va Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan kiritilgan rezolyutsiya Hormuz bo‘g‘ozi orqali erkin kemachilik harakatini ta’minlash va Eronning Fors ko‘rfazidagi qo‘shni davlatlarga qarshi hujumlarini zudlik bilan to‘xtatishga chaqirgan. Unda xalqaro suv yo‘llari, tijorat kemalari va energiya ta’minotini himoya qilish, shuningdek dengizchilar xavfsizligini ta’minlash ko‘zda tutilgan. Manbalarga ko‘ra, hujjat Eronning Fors ko‘rfazidagi qo‘shni davlatlarga qarshi hujumlarini to‘xtatishni ham talab qiladi.

Rezolyutsiyada Qatar, Saudiya Arabistoni va Quvayt Manama va Vashington bilan birga asosiy hammualliflar sifatida qatnashgan. Shuningdek, Hindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya, Keniya, Argentina va Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning katta qismi ham rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlagan. Hozircha ovoz berish sanasi belgilanmagan.

“Ro‘yxat uch to‘liq sahifani egallagan. Aslida, BMTga a’zo 193 davlatning qariyb uchdan ikki qismi bu rezolyutsiyani hammuallif sifatida qo‘llab-quvvatlayapti”, deydi “Al Jazeera”ning Nyu-Yorkdagi muxbiri Gabriel Elizondo.

Ma’lumot uchun, bu Bahrayn tomonidan Xavfsizlik kengashiga kiritilgan ikkinchi shunday rezolyutsiya hisoblanadi. O‘tgan oy taqdim etilgan birinchi rezolyutsiya Xitoy va Rossiya tomonidan veto qilingan edi. Har ikki davlat yangi loyiha bo‘yicha ham ehtiyotkor munosabat bildirgan, ammo ovozga qo‘yilsa, ikki mamlakat yana veto qo‘llaydimi-yo‘qmi, hozircha noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron AQSH bilan muzokaralarning ikkinchi bosqichini boshlash uchun Vashington beshta talabni bajarishi shartligini bildirgan edi.

Oybek Rustamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

BMT rezolyutsiya Hormuz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing