15 mlrd so‘mlik oltinni noqonuniy qazib olganlar ushlandi (video)

3-sahifa

image

Navoiy viloyatida tarkibida oltin moddasi mavjud bo‘lgan umumiy qiymati 15,5 mlrd so‘mlik tog‘ jinslarini o‘zlashtirgan ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2025 yilning yoz oylarida Navbahor tumani “Qalqonota” MFY hududida joylashgan Sarmishsoy tog‘ tizmasidagi yer maydonlarida noqonuniy oltin qazish ishlarini boshlagan jinoiy guruh bir necha oy mobaynida faoliyatini davom ettirib, sun’iy hovuz va ag‘darma maydonlarni tashkil qilgani aniqlangan. 2025 yilning oktyabr oyida Ichki ishlar vazirligi shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Navoiy viloyati bo‘yicha bo‘limi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tezkor qidiruv xizmati hamda Davlat xavfsizlik xizmati Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir olib borilib, oltin qazuvchilar ushlangan.

Bildirilishicha, jinoyat alomatlarini aks ettirgan qum uyumlari, hovuz, ag‘darma va turli buyumlar qonuniy tartibda rasmiylashtirib olingan. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur shaxslar faoliyati davomida tarkibida 9 kg 928 gr miqdordagi umumiy narxi 15 milliard 551 mln 219 ming so‘mlik oltin moddasi mavjud bo‘lgan tog‘ jinslarini o‘zlashtirgan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 196-2-moddasi (foydali qazilmalarni oltin izlovchilar usulida ruxsatnomasiz qazib olish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishı qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Uyushgan jinoiy guruhning boshqa turdagi jinoyatlarga aloqadorligi, a’zolari hamda ularni tarkibidagi vazifalarni aniqlash yuzasidan tezkor surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida qimmatbaho metallarning noqonuniy savdosi bilan shug‘ullangan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olingandi. Ularning yashash xonadonlaridan jami 17,5 tonna tarkibida qimmatbaho metall bo‘lgan qum va toshlar, ularga ishlov berishda foydalaniladigan asbob-uskunalar, 135 g oltin, 25 g “marixuana” giyohvandlik vositasi, 1 dona ov quroli va 42 dona o‘q-dori protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy oltin tog' jinslari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing