Dollar kursi pasaydi
Jamiyat
−
12 mart 3214 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 13 mart kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 33,37 so‘mga pasaydi va 12 102,39 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 77,41 so‘mga tushdi va 13 990,36 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,32 so‘mga pasaydi va 153,08 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 5,19 so‘mga tushdi va 1760,73 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 16 ming 700 so‘mga tushdi va 2 mln 86 ming 500 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun 12 mart Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 7 mln 773 ming 318 so‘mga oshgan va 851 mln 908 ming 188 so‘m etib belgilangan.