2 qiz “Ohangaron” suvomborida cho‘kib ketdi
3-sahifa
−
06 avgust 9694 1 daqiqa
Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida 2 nafar qiz suvomborda cho‘kib ketishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga javoban Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Uning bildirishicha, joriy yilning 28 iyul kuni Ohangaron tumanining “Chinor” MFY hududida joylashgan “Ohangaron” suvomboriga 2006 yilda tug‘ilgan P.D., 2009 yilda tug‘ilgan D.A. va 2006 yilda tug‘ilgan E.N. cho‘milish uchun borgan. Suvomborning qirg‘og‘ida cho‘milayotgan vaqtida P.D. va E.N. suvga cho‘kib ketgan.
Ushbu holat bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar vazirligining Ohangaron tuman bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari davomida joriy yilning 28 iyul kuni soat 20:00 larda suvga cho‘kib ketgan P.D.ning, 1 kundan keyin, 29 iyul kuni soat 08:50 larda esa E.N.ning murdasi topilgan.
O‘lim sabablarini aniqlash uchun sudga oid tibbiy ekspertizalar tayinlangan. Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahridagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘i hududida joylashgan plyajda bir yigit suvga cho‘kib ketgandi. U voqea joyiga tez yordam yetib kelgunga qadar vafot etgan.
Live
Barchasi