20 dan ortiq davlat yetakchilari avgust oxirida Xitoyda yig‘iladi

Olam

image

Shanxay hamkorlik tashkilotining joriy yil Xitoyning Tyanszin shahrida bo‘lib o‘tadigan sammitida 20 dan ortiq davlat va 10 dan ortiq xalqaro tashkilotning yetakchilari ishtirok etadi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri yordamchisi (vazir o‘rinbosari darajasidagi) Lyu Bin matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Hayxe daryosi bo‘yida 20 dan ortiq xorijiy davlatlar va 10 ta xalqaro tashkilot rahbarlari bilan uchrashib, SHHTning muvaffaqiyatli tajribasini sarhisob qiladi, uni rivojlantirish va tarkibiy qayta qurishga ko‘maklashadi, hamkorlik va qo‘shma ish uchun uning ishtirokchilarini birlashtiradi”, dedi diplomat.

Uning ta’kidlashicha, sammitda quyidagilar qatnashadi:

  1. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin,
  2. Belarusdan Aleksandr Lukashenko,
  3. Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi,
  4. Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon,
  5. Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev,
  6. Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov,
  7. Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif,
  8. Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon,
  9. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev,
  10. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev,
  11. Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan,
  12. Kambodja Bosh vaziri Xun Manet,
  13. Maldiv Prezidenti Muhammad Muizzu,
  14. Nepal Bosh vaziri Sharma Oli,
  15. Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an,
  16. Misr Bosh vaziri Mustafo Madbuli,
  17. Turkmaniston Prezidenti Sardor Berdimuhamedov,
  18. Indoneziya Prezidenti Prabovo Subianto,
  19. Laos Prezidenti Txonglun Sisulit,
  20. Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim,
  21. Vetnam Bosh vaziri Fam Min Chin.

Tadbirga xalqaro tashkilotlar va ko‘p tomonlama mexanizmlar rahbarlari, jumladan, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ham taklif etilgan.

SHHT sammiti 31 avgustdan 1 sentyabrgacha Tyantszinda (Shimoliy Xitoy) bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy davlat etakchilari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing