20 yoshli yigit shafqatsizlarcha pichoqlab o‘ldirildi
Olam
−
22 aprel 20090 2 daqiqa
Qozog‘istonning Talg‘ar tumani Guldala qishlog‘idagi restoranda 20 yoshli yigit shafqatsizlarcha pichoqlab o‘ldirildi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, Threads foydalanuvchisi uning 20 yoshli akasi Talg‘ar tumanida shafqatcizlarcha o‘ldirilgani haqida o‘z sahifasida yozib qoldirgan. Olmaota viloyati politsiya boshqarmasi ushbu hodisa yuzasidan ikkita jinoiy ish qo‘zg‘atgan.
Aniqlik kiritilishicha, joriy yilning 12 aprel kuni Talg‘ar tumani Guldala qishlog‘idagi restoranda yigitlar o‘rtasida janjal yuzaga kelgan. So‘ng, 10 nafardan ortiq erkaklar 20 yoshli yigitga pichoq bilan hujum qilib, uni shafqatsizlarcha pichoqlab o‘ldirgan.
“Unga 10 dan ortiq kishidan iborat guruh hujum qildi. Bu tasodifiy to‘qnashuv emas edi. Bu sovuqqonlik bilan qilingan guruh hujumi. U qurshab olingan va o‘zini himoya qilish imkoniyatidan mahrum qilingan. U pichoqdan olgan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etdi. Bizda nima bo‘lganini ko‘rsatuvchi videodalillar mavjud. 30 dan ortiq guvohlar ham bor. Ammo shunga qaramay, faqat bitta odam hibsda”, deydi marhumning oilasi.
Qayd etilishicha, Olmaota viloyati politsiya boshqarmasi tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 20 yoshli gumondor hibsga olingan. Bundan tashqari, yana uchta gumonlanuvchi bezorilikda ayblangan. Ularga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Ma’lum qilinishicha, sud ularning ikkitasini uy qamog‘iga olgan. Jinoyat ishi doirasida hodisaning barcha guvohlari aniqlangan va so‘roq qilingan.
Hozirda hodisaning barcha holatlarini to‘liq, har tomonlama va xolis tekshirishni ta’minlash uchun barcha zarur tergov harakatlari olib borilmoqda. Barcha tomonlarning dalillari batafsil ko‘rib chiqilmoqda. Tergov jarayoni Olmaota viloyati politsiya boshqarmasi rahbariyatining alohida nazoratiga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarbayjonning Baku shahridagi 286-sonli o‘rta maktabda 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshi tomonidan yoqib yuborilgan edi.
Shahzoda Shukurullayeva
Live
Barchasi