2025 yilda 8 mingga yaqin muhojir halok bo‘lgan – BMT

Olam

image

2025 yilda dunyo bo‘ylab xavfli migratsiya yo‘llarida kamida 7 667 kishi halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan. Ta’kidlanishicha, moliyalashtirish qisqarishi va monitoring imkoniyatlarining cheklangani sababli haqiqiy ko‘rsatkich ancha yuqori bo‘lishi mumkin. Bu haqda BMTning Xalqaro migratsiyatashkilotiga tayanib, “Reuters” xabar berdi.  

Qonuniy ko‘chish yo‘llari qisqarib borayotgani sababli odamlarni kontrabandistlar va odam savdosi tarmoqlari qo‘liga topshirmoqda. Tashkilot bosh direktori Amy Pope bu vaziyatni “global muvaffaqiyatsizlik” deb atab, xavfsiz va tartibli yo‘llarni kengaytirishga chaqirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, xavfsiz imkoniyatlar yopilgan sari odamlar majburan xavfli safarga otlanmoqda.

Eng halokatli yo‘llar orasida dengiz marshrutlari yetakchilik qilmoqda: o‘tgan yili O‘rta yer dengizida 2 108 kishi halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan, Ispaniyaning Kanar orollari sari Atlantika orqali yo‘l olganlar orasida esa 1 047 o‘lim qayd etilgan. Osiyoda qariyb 3 ming muhojir halok bo‘lgan, ularning yarmidan ko‘pi afg‘onlar. Afrika orqali Yamandan Fors ko‘rfazi davlatlariga o‘tish chog‘ida 922 kishi hayotdan ko‘z yumgan, deyarli barchasi efiopiyaliklar.

Rasmiy raqamlar 2024 yilga nisbatan pasayishn iko‘rsatsa-da (o‘shanda qariyb 9 200 holat qayd etilgan), tashkilot bu kamayish axborot yig‘ishdagi muammolar va dasturlar qisqarishi bilan bog‘liq ekanini bildirmoqda. AQSH moliyalashtirishining keskin qisqarishi Jenevada joylashgan agentlik faoliyatiga ham zarba bergan.

2026 yil ham og‘ir boshlangan: 24 fevral holatiga ko‘ra, faqat O‘rta yer dengizining o‘zida 606 o‘lim holati qayd etilgan. BMT agentligiga ko‘ra, xavfsiz migratsiya mexanizmlari yaratilmas ekan, fojialar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Liviya qirg‘oqlari yaqinida muhojirlarni olib ketayotgan rezina qayiq ag‘darilib ketishi oqibatida 53 nafar kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

BMT halok bo'lgan migratsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing