Xitoydagi kuchli zilzila oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
11:04 1912 1 daqiqa
Bugun, 18 may kuni Xitoyning janubi-g‘arbiy qismida 5,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Tabiiy ofat oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, yana bir kishi bedarak yo‘qolgan. Shuningdek, to‘rt nafar jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan.
Zilzila oqibatida 13 ta bino qulab tushgan, Lyuchjou shahrida 7 000 dan ortiq kishi xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan.
Shuningdek, temir yo‘l infratuzilmasi ham tekshiruvdan o‘tkazilmoqda va transport harakatida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila hududida aloqa tarmoqlari, elektr uzatish liniyalari, suv va gaz ta’minoti hamda transport tizimi hozircha yaxshi ishlamoqda.
Qutqaruv xizmatlari vayronalar ostida qolgan odamlarni qidirish va hududni tiklash ishlarini davom ettirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonning Hindkush tog‘ tizmasi hududida 5,8–6,0 magnitudali zilzila sodir bo‘lgani oqibatida Qobulda 8 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi