2026 yilgi Haj narxi va kvotasi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

2026 yilgi muborak Haj safariga O‘zbekiston ziyoratchilari uchun kvotalar soni 15 mingta etib belgilandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga javoban Musulmonlar idorasi huzuridagi Haj va Umra markazi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Haj ziyorati uchun narx 77 mln 73 ming so‘mni tashkil etadi.

Ma’lumot o‘rnida, 2026 yilgi haj mavsumi 2 may sanasidan boshlanadi. O‘zbekistondan 18 mayga qadar har kuni Saudiya Arabistoniga aviaqatnovlar amalga oshiriladi.

Ziyoratchilar uchun 9 ta hududdan – Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Termiz va Urganch shaharlaridagi aeroportlardan Madina shahriga to‘g‘ridan to‘g‘ri parvoz amalga oshiriladi.

Ularni Madina shahriga yetkazish Saudiya Arabistonining FlyAdeal aviakompaniyasi tomonidan, olib kelish esa Uzbekistan Airways tomonidan amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Haj va Umraga borish uchun yagona portal orqali ro‘yxatdan o‘tish majburiy etib belgilangandi. Ziyoratga borish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun ushbu portal orqali ro‘yxatdan o‘tish majburiy etib belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

kvota 2026 yil Haj narxi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing