O‘zbekiston aholisining soni ma’lum qilindi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 38 million 382 ming 700 kishini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,8 foizga ko‘paygan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2026 yil yanvar-mart oylarida tug‘ilganlar soni 191,1 ming nafarni, vafot etganlar 43,5 ming nafarni tashkil etib, tabiiy o‘sish 147,6 ming kishiga teng bo‘lgan.

Shundan, ayollar soni 18 mln 979 ming nafarni, erkaklar esa 19 mln 257 ming 700 nafarni tashkil etgan.

O‘zbekistonga xorijiy davlatlardan ko‘chib kelganlar soni 721 kishini va mamlakatdan xorijga ko‘chib ketganlar soni 2 277 kishini tashkil etgan. Qayd etilgan nikohlar esa 42,3 mingtani tashkil qilib, nikohdan ajralishlar esa 12,7 mingtaga yetgan.

Aholisi eng ko‘p hudud 4 mln 396 ming 800 nafar ko‘rsatkich bilan Samarqand viloyati hisoblanadi. Keyingi o‘rinlarda esa Farg‘ona (4 mln 239 ming 400 nafar) va Andijon (3 mln 533 ming 900 nafar) viloyatlari kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda band aholi asosan qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi sohalarida ishlashi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston aholi soni 2026 yil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing