4 nafar ayolni fohishalik uchun sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi (video)

3-sahifa

image

Navoiy viloyatida 4 nafar ayolni Rossiyaga fohishalik uchun sotib yuborishga uringan 32 yoshli ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida istiqomat qiluvchi 32 yoshli ayol moddiy-ijtimoy ahvoli og‘ir bo‘lgan 1978, 1989, 1994 yillarda tug‘ilgan samarqandlik ayollarni topib, Rossiya davlatida ish borligini, jo‘nab ketish xarajatlarini o‘zi to‘liq qoplashini aytib, ishonchiga kirgan. Biroq, u rossiyalik Anya ismli qiz bilan kelishib, o‘z vatandoshlarini fahsh maqsadlarda sotib, har biri uchun va’da qilingan 400 rublni qo‘lga kiritishni ko‘zlagan. Xodimlarning sa’y-harakatlari natijasida Toshkent xalqaro aeroportida aldov qurboniga aylangan ayollar to‘xtatib qolingan. Gumonlanuvchi esa daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Bildirilishicha, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent xalqaro aeroportida 2 nafar fuqaroni fohishalikka olib ketayotgan 27 yoshli ayol ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

fohishalik odam savdosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing