5 yashar bolani kaltaklagan “tarbiyachi” ishi tekshirilmoqda. Qo‘shimcha ma’lumot berildi

3-sahifa

image

Avvalroq, Toshkentdagi bog‘chada yosh bolaning kaltaklanishi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgani haqida xabar bergandik. Mazkur holat yuzasidan Bolalar ombudsmani ham o‘z munosabatini bildirdi.

IIO tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida ushbu video tarbiyachi N.T. ning telefonida olinganligi aniqlangan.

"Mirzo-Ulug‘bek tumanida joylashgan 512-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi 11-guruh tarbiyachisi N.T. guruhda tarbiyalanuvchilardan birining tug‘ilgan kunini nishonlash jarayonini videoga olgan. Shunda N.T. tarbiyalanuvchi 2019 yilda tug‘ilgan M.D. (o‘g‘il bola) ni xatti-harakatlaridan jahli chiqqan va bolaning bosh qismiga bir necha marotaba qo‘li bilan urgani aniqlangan. Holat 2024 yil 30 aprel kuni soat 11:00 da sodir bo‘lgan", deyiladi munosabatda.


Maqola muallifi

Teglar

bog'cha tarbiyachi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made