9 viloyatda chang-to‘zon kuzatiladi – O‘zgidromet
Jamiyat
−
25 fevral 9994 1 daqiqa
Bugun O‘zbekistonning 9 ta viloyatida chang-to‘zon kuzatiladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Bugun, 25 fevral kunduz kuni Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlarida shamol tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayadi. Ayrim joylarda shamol tezligi sekundiga 20-23 metrgagacha kuchayishi va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Poytaxtda ham kechki payt shamol tezligi 12-15 metrgacha kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zgidromet O‘zbekistonning g‘arbiy hududlarida chang va to‘zonlar kuzatilishi haqida xabar bergandi.
Live
Barchasi