Diqqat! Bugun poytaxtda kuchli shamol esib, chang-to‘zon ko‘tariladi
Bu qiziq
−
15 iyun 1942 1 daqiqa
Bugun, 15 iyun kuni O‘zbekistonning ayrim hududlari, jumladan, Toshkent shahrida kuchli shamol hamda ayrim hududlarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Shu sababli poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi ogohlantirish bilan chiqdi.
Shu munosabat bilan Toshkent shahri aholisi va mehmonlaridan ehtiyot choralariga amal qilish so‘raladi.
Jumladan:
- zarurat bo‘lmasa, kuchli shamol vaqtida ochiq hududlarda qolmaslik;
- daraxtlar, reklama konstruksiyalari, elektr simlari va yengil qurilmalar yaqinida turmaslik;
- avtomobillarni daraxtlar va mustahkamlanmagan boshqa konstruksiyalar ostida qoldirmaslik;
- chang-to‘zon vaqtida imkon qadar derazalarni yopiq saqlash tavsiya etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning 16–19 iyun kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.