Abduqodir Husanov Osiyoning eng qimmat futbolchisiga aylandi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Manchester Siti” futbolchisi Abduqodir Husanov Osiyoning eng qimmat himoyachisiga aylandi. Bu haqda “Transfermarkt” portali ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, “Bavariya” tarkibida to‘p tepuvchi janubiy koreyalik himoyachi Kim Min Jayening transfer narxi 40 million yevrodan 32 million yevroga tushdi. Mazkur o‘zgarishdan so‘ng 35 million yevroga baholangan o‘zbekistonlik futbolchi qit’aning eng qimmat himoyachisiga aylandi.

Shuningdek, Husanov Osiyoning eng qimmat futbolchilari ro‘yxatida ham yaponiyalik hujumchi Kaoru Mitoma (35 million yevro) bilan birgalikda birinchi pog‘onani egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik futbolchi jarohatdan tuzalib, “Manchester Siti” mashg‘ulotlariga qaytgandi.

Jahongir Inomjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Manchester Siti O'zbekiston milliy terma jamoasi Transfermarkt Abduqodir Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing