Adliya vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
27 noyabr 5016 2 daqiqa
Istamov Mahmud Shuhratovich Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mahmud Istamov 1979 yilda Buxoro viloyati, Buxoro shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi. 2000 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2000 yilda Adliya vazirligi Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan. Keyinchalik mazkur boshqarmada bosh maslahatchisi, bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lgan. 2004-2005 yillarda Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan ta’minlash markazi rahbari, 2005-2006 yillarda Adliya vazirligi huzuridagi Normativ-huquqiy hujjatlarning amalga oshirilishi ustidan monitoring qilish markazi bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
- 2006-2011 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat maslahatchisi xizmatining Adliya va sud idoralari faoliyati masalalari bo‘yicha inspektori;
- 2011-2014 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish xizmatining Adliya va sud idoralari masalalari shu’basining yetakchi inspektori;
- 2014-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmati Siyosiy partiyalar bilan hamkorlik qilish shu’basi mudiri;
- 2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati Sud-huquq sohasidagi qonunchilik shu’basi mudiri lavozimlarida ishlagan. 2017-2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari lavozimida;
- 2021-2024 yillarda Buxoro viloyati prokurori;
- 2024-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni rahbari lavozimida ishlagan.
Tayinlovga qadar (2025 yildan) u O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq G‘ijduvon tumaniga yangi hokim tayinlangandi.
Live
Barchasi