ADM va GWM hamkorligi kengaymoqda: TANK O‘zbekistonga kirib kelmoqda
Biznes
−
18:00 2421 2 daqiqa
2026 yil 9 fevralda ADM kompaniyalar guruhi va Xitoyning Great Wall Motor (GWM) avtomobil konserni o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi hududida TANK avtomobil brendini distributsiya qilishni nazarda tutadigan hamkorlik shartnomasi imzolandi. Hujjat O‘zbekiston bozorida brendni rivojlantirish, dilerlik va servis xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini shakllantirish, shuningdek, ADM kompaniyalar guruhiga kiruvchi ADM Jizzax zavodida avtomobillarni mahalliy yig‘ishni tashkil etishni belgilaydi.
ADM kompaniyalar guruhi yengil va tijorat avtomobillarini distributsiya qilish, mahalliy ishlab chiqarish, sotish, kafolatli va kafolatdan keyingi xizmat ko‘rsatish, logistika va lizing xizmatlari, shuningdek, asl ehtiyot qismlar va aksessuarlarni sotishga ixtisoslashgan.
TANK brendining O‘zbekiston bozoriga kirib kelishi HAVAL brendi distributsiyasi doirasida barpo etilgan ADM va GWM o‘rtasidagi muvaffaqiyatli hamkorlikning davomi bo‘lib, qisqa muddat ichida barqaror o‘sish va iste’molchilar tomonidan yuqori darajadagi talabni namoyish etdi.

GWM TANK – bu SUV segmentidagi innovatsiyalar asosida GWM (Great Wall Motor) tomonidan ishlab chiqilgan yo‘ltanlamaslarning premium toifadagi brendi. TANK global professional intelektual yo‘ltanlamas platformasidan foydalangan holda va “Qudratli, alohida ajralib turuvchi, erkin” mahsulot ishlab chiqish falsafasiga amal qilgan holda, brend yo‘ltanlamaslar segmenti evolyutsiyasida yetakchilik qiladi, foydalanuvchilar intiladigan yorqin va erkin turmush tarzini shakllantiradi va yo‘ltanlamaslar bozorida yangi standartlarni belgilab beradi.
GWM (Great Wall Motor) global intelektual texnologiya kompaniyasi hisoblanib, avtomobil qiymatini yaratishning butun zanjirini – dizayn, tadqiqot va ishlanmalardan tortib ishlab chiqarish, sotish va xizmat ko‘rsatishgacha qamrab oladi. Kompaniya portfeliga SUV, pikaplar, yangi energiya manbalari asosidagi avtomobillar, mototsikllar, og‘ir yuk mashinalari va lyuks toifadagi yo‘ltanlamaslar segmentlarida taqdim etilgan GWM HAVAL, GWM WEY, GWM TANK, GWM ORA, GWM POER va GWM SOUO brendlari kiradi.
.jpg)
GWM global tadqiqot va ishlanmalar arxitekturasini yaratgan (Xitoy, Germaniya, Hindiston va Yaponiya), shuningdek, Xitoyda to‘liq jarayonli ishlab chiqarish bazalariga, Yevroosiyo, Tailand va Braziliyada to‘liq jarayonli xorijiy ishlab chiqarishlarga, shuningdek, Ekvador, Malayziya, Pokiston va boshqa mamlakatlarda bir qator KD-zavodlariga ega. Bugungi kunda GWM’ning global yalpi sotuvi 16 million avtomobilga yetdi.
.jpg)
O‘zbekiston bozorida TANK brendining paydo bo‘lishi mamlakat avtomobil sanoatini rivojlantirish uchun qo‘shimcha turtki bo‘ladi. Loyiha yo‘ltanlamaslar segmentida modellar taklifini kengaytirish, raqobatni kuchaytirish va o‘zbek iste’molchilari uchun zamonaviy, texnologik va premium toifadagi avtomobillarning ommaviyligini oshirishga xizmat qiladi.
Instagram I Facebook I YouTube I X I LinkedIn
Telegram I Instagram I Facebook I YouTube
Reklama huquqi asosida
Live
Barchasi