Afg‘onistonda 4 nafar “Shelbi” hibsga olindi (video)

Olam

image

“Tolibon” harakati Afg‘onistonda “Shelbilar oilasi” kabi kiyingan to‘rt yigitni “chet el madaniyatini targ‘ib qilish”da aylab, hibsga oldi. Bu haqda “Tolo News” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, so‘nggi kunlarda Jabroil shaharchasidagi to‘rt nafar yigitning suratlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan. Ular “Shelbilar oilasi” serialining asosiy qahramonlari – Shelbi oilasining kiyim va tashqi ko‘rinish uslubida kiyinib, ko‘chalarda yurgan.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari bu to‘rt yigitga “Jabroil oilasi” deb laqab qo‘ygan va ular katta e’tibor qozongan. Biroq “Tolibon”ning Amr bil ma’ruf vazirligi bu yoshlarning xatti-harakatlarini “islomiy qadriyatlar va Afg‘oniston xalqining madaniyatiga zid” deb topgan. Vazirlik matbuot kotibi ular bilan tegishli choralar ko‘rilishini aytgan.

Shuningdek, vazirlik vakili ushbu yigitlardan birining qilmishidan afsusda ekani aks etgan videoni ham sahifasida e’lon qilgan. Unda yigit qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan.

Vazirlik matbuot kotibi ularning xatti-harakatlarini islomiy qadriyatlarga zid deb atagan.

Ma’lumot uchun, “Shelbilar oilasi” bu – ingliz kinorejissyori Stiven Nayt tomonidan yaratilgan mashhur Britaniya kriminal-dramatik serial bo‘lib, 2013 yilda ilk bor efirga chiqqan. Serial bir necha mamlakatlarda mashhurlikka erishgan va hozirgacha eng ommabop tarixiy dramalardan biri hisoblanadi. Qahramonlarning kiyimlari 1920 yillar Britaniya erkak modasiga asoslangan. Asosiy elementlari: kepka oldiga pichoq tikilgan, kostyum, uzun palto, oq ko‘ylak va bo‘yinbog‘, charm tuflilar, zanjirli cho‘ntak soati va boshqa aksessuarlar. Soch orqaga taralgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Tolibon” xitoyliklarga hujum qilgan 2 kishini hibsga olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Shelbi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing