Pokiston va Afg‘oniston chegarasida yana otishma sodir bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 6 dekabr kuni Afg‘oniston va Pokiston chegarasidagi harbiylar o‘rtasida otishma yuz berdi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, hozircha halok bo‘lganlar yoki vayronalar haqida ma’lumot yo‘q.

“Kechqurun Pokiston va Afg‘oniston qo‘shinlari o‘rtasida otishma sodir bo‘ldi. Har ikki tomon bir-birini aybladi. Bu voqea so‘nggi ikki oy davomida amal qilib kelinayotgan mo‘rt sulhni buzdi”, deyiladi xabarda. 

Keskinlik Pokiston Afg‘onistonga gumanitar yordam yetkazishga ruxsat berishini e’lon qilganidan bir kun o‘tib yuzaga kelgan. Mazkur yordam avval keskinlik sabab yopiq bo‘lgan chegara o‘tish punktlari orqali yuborilishi rejalashtirilgan edi.

“Tolibon” muvaqqat hukumati vakillarining fikricha, mojaro boshlanishiga aynan Pokiston Qurolli kuchlari sabab bo‘lgan.

Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar Pokiston harbiy-havo kuchlari 9 oktyabr kuni Qobulga zarba berib, “Tolibon”ning uch rahbarini yo‘q qilishga urinishi ortidan keskinlashgan. Shundan keyin chegarada bir qator to‘qnashuvlar yuzaga kelgan. Tomonlar 15 oktyabr kuni vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish haqida kelishib olgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonning Xo‘st viloyatida Pokiston qo‘shinlari mahalliy fuqaro uyini bombalagani oqibatida kamida to‘qqiz bola va bir ayol halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Pokiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing