Afg‘onistonda otishma bo‘ldi. Qurbonlar bor
Olam
−
14 fevral 3663 1 daqiqa
Kecha, 13 fevral kuni Afg‘onistonning Badahshon viloyati Bahorak tumanidagi “Tolibon” kuzatuv minorasiga uyushtirilgan hujum oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Afganistan Internatioan” xabar berdi.
Qayd etilishicha, hujumni “Tolibon”ga qarshi bo‘lgan “Afg‘oniston ozodlik fronti” guruhi uyushtirgan. Ular Qalatak hududida joylashgan “Tolibon”ning 219-diviziyasining chegara brigadasi kirishidagi kuzatuv minorasini nishonga olgan. Ushbu hujumda ikki “Tolibon” askari halok bo‘lgan. “Afg‘oniston ozodlik fronti” guruhi hujumda ularning hech bir jangchisi zarar ko‘rmagani qayd etgan.
Mahalliy manbalar portlash sodir bo‘lganini tasdiqlagan. Ularning ma’lumotiga ko‘ra, voqeadan keyin “Tolibon” kuchlari o‘z bazasiga olib boruvchi yo‘llarni yopgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq tojik-afg‘on chegarasida otishma sodir bo‘lgan edi. Oqibatda uch nafar afg‘on kontrabandachisi voqea joyida zararsizlantirilgan. Ikki nafar kontrabandachi tun qorong‘uligidan foydalanib, Afg‘oniston tomon qochishga muvaffaq bo‘lgan.
E’zoza Olimova
Live
Barchasi