Afrikaning eng yaxshi hakami AQSHga kiritilmadi

Sport

image

FIFA’ning 52 nafar Jahon chempionati hakamlari ro‘yxatiga kiritilgan, 2025 yilgi Afrikaning eng yaxshi hakami – somalilik Umar Artanning AQSHga kirishiga ruxsat berilmadi. Bu haqda Somali futbol federatsiyasi (SFF) manbalariga tayanib, “The Daily Somalia” nashri xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, Artan Mayami xalqaro aeroportiga diplomatik pasport bilan yetib borgan. Biroq migratsiya xizmatlari unga hech qanday rasmiy sabab ko‘rsatmasdan kirishga ruxsat bermagan va u keyinchalik Istanbulga qaytish reysiga jo‘natilgan. Uning nega AQSHga kiritilmagani sabablari rasman ochiqlanmagan.

FIFA mazkur holat tufayli Umar Artan 2026 yilgi Jahon chempionati o‘yinlarida hakamlik qila olmasligini rasman tasdiqlagan. Tashkilot bayonotida qayd etilishicha, FIFA mezbon mamlakatning immigratsiya jarayonlarida ishtirok etmaydi va Artanning huquqiy maqomiga ta’sir ko‘rsata olmaydi.

Artan Jahon chempionati final bosqichi hakamlari ro‘yxatiga kiritilgan ilk somalilik hakam sifatida tarixga kirgan. 2025 yilda u Afrika futbol konfederatsiyasi (CAF) tomonidan qit’aning eng yaxshi hakami deb topilgan.

Ma’lumot uchun, Somali fuqarolari AQSH viza cheklovlari qo‘llaniladigan davlatlar qatoriga kiradi. Ayrim diplomatik va AQSH manfaatiga xizmat qiluvchi safar toifalari uchun istisnolar mavjud bo‘lsa-da, mazkur holat Artanga qo‘llanilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh FIFA Umar Artan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing