Agar kelishuv bo‘lmasa, ularni yo‘q qilamiz – Tramp (video)
Olam
−
02 may 3528 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Eronning Pokiston orqali yuborilgan urushni tugatish bo‘yicha so‘nggi tinchlik taklifidan qoniqmadi. Bu haqda kecha, 1 may kuni uning o‘zi jurnalistlarga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
Ommaviy axborot vositalari bilan muloqotda Tramp Eron bilan kelishuvga erishish masalasida noaniqlik saqlanib qolyotganini aytib, agar muzokaralar muvaffaqiyatsiz tugasa, “ularni qattiq zarba bilan yo‘q qilamiz”, deya ogohlantirgan.
“Ular kelishuv qilishni xohlayapti, lekin meni ularning taklifidan ko‘nglim to‘lmadi. Ko‘ramiz nima bo‘lishini”, degan Tramp mojaroda o‘t ochishni to‘xtatishning uchinchi haftasi davom etyotgan bir paytda.
Prezident urush qayta boshlanmasligi uchun kelishuvga erishishni afzal ko‘rishini bildirgan, ammo zarur bo‘lsa mojaro qayta boshlanishi mumkinligini ham aytgan.
“Ular men rozi bo‘lolmaydigan shartlarni so‘rayapti”, deb ta’kidlagan u.
Eron diplomatik manbasiga ko‘ra, mamlakat hukumati 30 aprel kuni Pokiston orqali yangi taklif taqdim etgan. Taklif mazmuni esa ochiqlanmagan.
Ma’lumot o‘rnida, urushni tugatish bo‘yicha muzokaralar bir necha haftadan beri to‘xtab qolgan. 8 apreldan beri o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi amal qilmoqda. Bu kelishuv 28 fevralda AQSH–Isroilning Eronga hujumi bilan boshlangan mojaroni vaqtincha to‘xtatgan. Tanaffus mojaro yanada chuqurlashishining oldini olgan, ammo uni to‘liq hal qilmayapti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Ismoil Bag‘oiy AQSH yana hujum qilsa, uzoq va og‘riqli javob olishi haqida keskin bayonot bergan edi.
Oybek Rustamov
Live
Barchasi