AQSH 50 yildan keyin ilk bor Oyga odam chiqardi (video)

Olam

image

AQSH NASA “Artmedia-2” doirasida 1972 yildan beri ilk bor Oyga odamli kosmik kemani muvaffaqiyatli uchirdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

“Orion” kemasi bortida 4 nafar astronavt bilan Space Launch System raketasi yordamida Kanaveral burnidan uchirildi. Parvoz taxminan 10 kun davom etadi va ekipaj Oy atrofida bir marta aylanib, Yerga qaytadi.

Ekipaj tarkibiga Rid Uayzman, Viktor Glover, Kristina Kox hamda Jeremi Xansen kiradi. Parvoz davomida ular taxminan 406 ming kilometr masofaga yetib boradi, bu esa insoniyat tarixidagi eng uzoq odamli kosmik safar bo‘ladi. Oldingi rekord 1970 yildagi “Appolon-13” ekipajiga tegishli bo‘lgan.

Bu missiya AQSHning Oyga qaytish dasturidagi muhim bosqich hisoblanadi. So‘nggi bor inson Oyga “Appolon” dasturi doirasida 1972 yilda borgan. Endilikda esa “Artmedia” dasturi orqali AQSH 2028 yilda yana odamni Oy yuzasiga jo‘natishni rejalashtirmoqda.

Kosmik kema Lockheed Martin tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lsa, raketa ustida Boeing va Northrop Grumman ishlagan. Shu bilan birga, NASA kelajakdagi Oy missiyalari uchun SpaceX va Blue Origin bilan hamkorlik qilmoqda.

“Artmedia-2” missiyasi insoniyatni yana Oyga olib chiqish yo‘lidagi eng muhim qadamlardan biri bo‘lib, uzoq muddatli kosmik tadqiqotlar uchun asos yaratadi.


Maqola muallifi

Teglar

Oy NASA Orion

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing