AQSH bilan muzokaralar uchun Eron delegatsiyasi Pokistonga bordi

Olam

image

Eron delegatsiyasi AQSH bilan muzokaralarda ishtirok etish uchun kecha, 10 aprel kuni kechqurun Islomobodga yetib keldi. Bu haqda Pokiston Tashqi ishlar vazirligiga tayanib, “Al Jazeera” xabar berdi.

Delegatsiyaga Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi hamda parlament spikeri Muhammad Bag‘ir G‘olibof boshchilik qilmoqda.

Pokistonning AQSHdagi elchisi Rizvon Sayyid Shoh muzokaralar oson kechmaganini ta’kidlab, Vashington va Tehronni muloqotga olib kelgan “birgina sehrli yechim” bo‘lmaganini, balki bu sabr va barcha tomonlarning doimiy sa’y-harakatlarini talab qilgan jarayon ekanini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralarning o‘ziyoq katta yutuq bo‘lib, Pokiston kelishuvga erishish uchun zarur bo‘lgan barcha ishlarni davom ettirishga tayyor.

Qayd etish joiz, 8 aprel kuni AQSH va Eron o‘rtasida ikki haftalik sulhga erishilgan, 11 aprel kuni esa Pokistonda muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tomonlar allaqachon o‘z pozitsiyalarini bildirgan: AQSH sanksiyalarni bekor qilish va Hormuz bo‘g‘ozini ochishni taklif qilgan, Eron esa bo‘g‘oz ustidan nazoratni saqlab qolish va mintaqadagi harbiy harakatlarni to‘liq to‘xtatishni talab qilgan.

Shu bilan birga, uchrashuvdan oldin har ikki tomon bir-birini dastlabki kelishuvlarni buzishda ayblagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan telefon orqali suhbatda Pokistonda boshlanishi kutilayotgan muzokaralardan doimiy tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lida maksimal darajada foydalanish zarurligini ta’kidlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Abbos Aroqchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing