AQSH bosimi fonida Ottava Kubaga qo‘l uzatmoqda
Olam
−
24 fevral 5263 1 daqiqa
Kanada Kubada yoqilg‘i tanqisligi kuchaygan bir paytda mamlakatga yordam ko‘rsatish rejasini tayyorlamoqda. Tanqislik AQSH tomonidan orolga neft yetkazib berishni to‘sish choralari ortidan yuzaga kelgan. Bu haqda “CNN” yozdi.
Vashington so‘nggi haftalarda Kubaga nisbatan bosimni kuchaytirgan. AQSH Prezilenti Donald Tramp ma’muriyati, jumladan, Venesueladan keladigan neftni ham to‘sib qo‘ygan. Bu esa oziq-ovqat va transport narxlarining oshishiga, yoqilg‘i tanqisligi va uzoq soatlik elektr uzilishlariga olib kelgan.
Kanada Tashqi ishlar vaziri Anita Anand yordam rejasi ishlab chiqilayotganini aytgan, ammo uning mazmuni haqida tafsilot bermagan. Avvalroq Ottava Kubada “insonparvar inqiroz xavfi ortib borayotgani”dan xavotir bildirgan.
BMT agar energiya ehtiyojlari qondirilmasa, vaziyat gumanitar inqirozga aylanishi mumkinligidan ogohlantirgan. Tramp esa Kubaga nisbatan bosimni davom ettirishini bildirib, orol yaqin orada muvaffaqiyatsizlikka uchrashini iddao qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kuba Prezidenti Migel Dias-Kanel aholini “ichki qarshilik” va urush davri ruhida yashashga chaqirgan edi.