AQSH Eronni Jahon chempionatida ishtirok etishga chaqirdi

Sport

image

AQSH futbol federatsiyasi bosh direktori Jey Ti Betson Eronning 2026-yilgi Jahon chempionatidagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlashini bildirib, mundialda ishtirok etishga chaqirdi. Bu haqda “Sky News” nashri xabar berdi.

“Biz Jahon chempionatini barcha jamoalar ishtirok etadigan xavfsiz va ishonchli tarzda o‘tkazish niyatidamiz va biz buni to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz”, deydi Betson.

AQSH va Eron terma jamoalarining pley-off bosqichida to‘qnash kelish ehtimoli haqidagi savolga ham Betson  javob bergan.

“Biz Jahon chempionatlarida Eron bilan avval ham o‘ynaganmiz. Turnirda qatnashadigan 47 ta jamoaning har biriga qarshi maydonga tushishimiz mumkin va bizning asosiy maqsadimiz – g‘alaba qozonish. E’tiborimiz faqat shunga qaratilgan”, degan u.

Eron terma jamoasi Jahon chempionati “G” guruhida Yangi Zelandiya, Belgiya va Misrga qarshi maydonga tushishi rejalashtirilgan. Uchrashuvlar AQSHning Inglvud va Sietl shaharlarida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

FIFA prezidenti Janni Infantino dam olish kunlari turnir barcha jamoalar ishtirokida xavfsiz va ishonchli tarzda tashkil etilishini ma’lum qilgan.

Shu bilan birga, 28 fevral kuni AQSH va Isroil tomonidan Eron hududidagi ayrim nishonlarga zarbalar berildi, oqibatda bir qancha talafotlar yuzaga keldi. Shundan so‘ng Eron Jahon chempionatida ishtirok etmasligini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Jahon chempionati Jey Ti Betson

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing