AQSH iqtisodi kuniga 15 mlrd dollar zarar ko‘rishi mumkin

Olam

image

AQSH hukumati faoliyatinig uzoq muddatga to‘xtashi mamlakat iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsata boshladi. Bu haqda kecha, 15 oktyabr kuni AQSH Moliya vaziri Skott Bessent CNBC’ning Amerikaga investitsiya kiritish bo‘yicha forumida so‘z ochdi.

Bessentning fikricha, “shatdaun” boshlanganidan ikki hafta o‘tgach, hukumat faoliyatining to‘xtashi AQSH iqtisodiyotiga kuniga 15 milliard dollar atrofida zarar yetkazishi mumkin. Shuningdek, u mo‘tadil demokrat senatorlarni respublikachilarni qo‘llab-quvvatlab, hukumat ishini qayta tiklash uchun birgalikda ovoz berishga chaqirgan. 

ABC News ma’lumotiga ko‘ra, Senat hukumat ishini joriy yilning 21 noyabrigacha qayta yo‘lga qo‘yish imkonini beradigan moliyalashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini yana ilgari sura olmagan. Buning uchun 60 ta ovoz talab etilgandi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 oktyabr kuni AQSHda rasman “shatdaun” boshlangan edi. Shu tufayli minglab aviareyslar kechiktirilgan. Reyslarning kechikishi va bekor qilinishi oqibatida eng ko‘p zarar ko‘rgan aeroportlar qatorida Xyuston, Neshvill, Dallas, Chikagodagi O’Xara hamda Nyuark aeroportlari qayd etilgan.

Mohichehra Qadamova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh iqtisod Skott Bessent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing