AQSH Karib dengizida 2 ta qayiqqa zarba berdi. Qurbonlar bor
Olam
−
01 yanvar 1042 1 daqiqa
AQSH Karib dengizida taqiqlangan moddalarni tashiyotgani aytilayotgan ikki qayiqqa zarba berdi. Amaliyot oqibatida besh kishi halok bo‘lgan. Bu haqda AQSH Qurolli kuchlari Janubiy qo‘mondonligi xabar berdi.
Qo‘mondonlik ma’lumotiga ko‘ra, amaliyot kecha, 31 dekabr kuni Mudofaa vaziri Pit Hegset topshirig‘iga binoan “Janubiy nayza” qo‘shma tezkor guruhi kuchlari tomonidan o‘tkazilgan. AQSH harbiylarining bildirishicha, mazkur kemalardan terrorchi deb topilgan tashkilotlar foydalangan.
Idoraga ko‘ra, kemalar giyohvand moddalar kontrabandasi bilan mashhur bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘ylab harakatlangan va narkosavdo bilan shug‘ullangan. Zarba oqibatida bir kemada uch kishi, ikkinchisida esa ikki kishi halok bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH sharqiy Tinch okeanida giyohvand moddalarni tashiyotgani aytilayotgan uchta kemaga zarba bergandi. Hujumlar oqibatida sakkiz kishi halok bo‘lgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025