AQSH Kongressiga nomzod Qur’onni yoqib yubordi (video)
Olam
−
26 avgust 37432 2 daqiqa
AQSH Kongressiga nomzod Valentina Gomes olovpurkagich bilan Qur’oni Karimni yoqib yubordi. Bu haqda “Timeline Daily” xabar berdi.
Texas shtatidagi Respublikachilar partiyasi nomzodi Gomes videoda qo‘liga olovpurkagich olib, Qur’onni yoqib yuborgani ko‘rinadi.
Rolikda u Texas shtatida islom “butunlay tugatilishi kerak”ligini aytgan. Gomes AQSH Kongressi Vakillar palatasiga Texasning 31-okrugidan saylovga qatnashmoqda. U musulmonlarni “xristian davlatlariga zo‘ravonlik orqali tahdid solayotganlikda” ayblab, tarafdorlarini uni qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan.
Video ijtimoiy tarmoqlarda katta norozilik uyg‘otgan. Jamoatchilik va huquqshunoslar Gomesning harakatini diniy e’tiqod erkinligiga zid va nafrat qo‘zg‘atuvchi xatti-harakat sifatida baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyaning Viyyorban shahrida noma’lum shaxs masjiddan Qur’oni Karimni o‘g‘irlab, uni yoqib yuborgandi.
Qolaversa, Shvetsiyada pul ishlash uchun Qur’oni Karimga qilgan hujumlari bilan tanilgan iroqlik Salvan Momika Stokgolm shahri chekkasida joylashgan Syoderteledagi uyida otib o‘ldirilgandi. Momika 2023 yilda Islom diniga qarshi norozilik sifatida musulmonlarning muqaddas kitobini bir necha bor ommaviy ravishda yoqib yuborgani bilan Shvetsiyadan tashqarida ham ommaga tanilgan edi. Uning mamlakat rasmiylari homiyligida amalga oshirilgan harakatlari butun dunyoda aks-sado bergan va ba’zi mamlakatlarda norozilik namoyishlari ayniqsa shiddatli tus olgan hamda g‘azablangan odamlar Shvetsiya elchixonalariga bostirib kirgan. O‘sha paytlar muqaddas Qur’oni Karimning Salvan Momika tomonidan yoqib yuborilishini AQSH, Yevropa Ittifoqi, Rim papasi, Shavkat Mirziyoyev va yana qator rasmiylar keskin qoralab chiqqan edi.
Live
Barchasi