AQSH va Isroil HAMASga qat’iy talab qo‘ymoqchi

Olam

image

Qo‘shma Shtatlar va Isroil G‘azo sektoridagi urushni yakunlash bo‘yicha yangi taklif ustida ishlamoqda. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “The New York Times” xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va AQSH Prezidenti Donald Tramp ushbu yangi taklifni tayyorlamoqda. Unga ko‘ra, HAMASga garovdagilarni ozod qilish, urushni to‘xtatish va harakatni qurolsizlantirish bo‘yicha “ultimatum” qo‘yiladi.
Buning evaziga Isroil o‘z navbatida falastinlik mahbuslarni ozod qilishi kerak bo‘ladi.

HAMAS vakili Mahmud Mardavining so‘zlariga ko‘ra, harakat hali Arab vositachilaridan Isroilning rasmiy taklifini olmagan. U HAMAS bunday kelishuvni umuman qo‘llab-quvvatlashini bildirgan bo‘lsa-da, qurolsizlanishga rozi bo‘lmasligini ta’kidlagan. 

Ma’lumot uchun, 2023 yilning 7 oktyabridan buyon Isroilning G‘azo sektoriga qilgan hujumlari oqibatida kamida 60 ming 430 falastinlik halok bo‘lgan, yana 148 ming 722 nafari yaralangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff G‘azo sektoriga tashrif buyurib, yordam taqsimlanadigan punktlarni ko‘zdan kechirgandi. Uning tashrifidan so‘ng, HAMAS guruhi qurolni faqat mustaqil Falastin davlati tashkil etilib, uning poytaxti Quddus bo‘lishi ta’minlangandagina topshirishga rozilik bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Isroil HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing