AQSH va Isroilning Eronga qarshi operatsiyasi 3 oy davom etadi – OAV

Olam

image

AQSH va Isroilning Eronga qarshi harbiy operatsiyasi sentyabrgacha davom etish ehtimoli mavjud. Bu haqda Isroilning yuqori martabali rasmiylariga tayanib, “Axios” nashri xabar berdi.

Nashr jurnalisti Barak Ravidning ma’lum qilishicha, Vashington va dunyoning boshqa poytaxtlaridagi rasmiylar operatsiya uzoq davom etishi ehtimoliga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Ravidning aytishicha, u AQSH Prezidenti ma’muriyati hamda ittifoqchi davlatlardan bo‘lgan uch nafar vakil bilan suhbatlashgan. Ularning fikricha, hatto harbiy harakatlar intensivligi kamaygan taqdirda ham, Yaqin Sharqdagi beqarorlik sentyabrgacha davom etishi mumkin.

Bundan bir kun oldin AQSH Prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi operatsiya tez orada tugashini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda “deyarli nishonga olinadigan ob’ektlar qolmagan”.

Ammo bundan bir hafta oldin u urush qo‘yilgan maqsadlarga erishilmaguncha davom etishini bildirgan edi.
Boshqa OAVlar esa Pentagon hujjatlariga tayanib xabar berishicha, operatsiya dastlab kamida 100 kun davom etishi rejalashtirilgan. Bu esa uch oylik tahminga yanada yaqin keladi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Eron bilan muzokaralar boshlash bo‘yicha Yaqin Sharq davlatlari takliflarini rad etgandi. Oq uy ning yuqori lavozimli amaldori Tramp barcha muzokara tashabbuslarini rad etganini va asosiy e’tiborni Eronning harbiy salohiyatini yanada zaiflashtirish maqsadida urushni davom ettirishga qaratganini tasdiqlagan.

Eronlik manbaning aytishicha, mamlakatning xavfsizlik masalalari bo‘yicha bosh vakili Ali Larijoniy va Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi ham Ummon orqali o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarni tashkil etishga uringan. Ushbu muzokaralarda Jey Di Vens ishtirok etishi mumkin edi, biroq bu uchrashuvlar amalga oshmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Donal'd Tramp Oq uy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing