AQSH va Xitoy “Fukidid tuzog‘i”dan qochmoqchi (video)
Olam
−
09:13 3740 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan Pekindagi uchrashuvda dunyo chuqur o‘zgarishlar va “turbulentlik” davrini boshdan kechirayotganini bildirdi.
Uning ta’kidlashicha, AQSH va Xitoyning hamkorligi “Fukidid tuzog‘i”dan chiqish va yirik davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarning yangi modelini yaratishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.
“Biz global muammolarni hal qilish va dunyoda barqarorlikni ta’minlash uchun birlasha olamizmi, xalqlarimiz farovonligi hamda insoniyat kelajagi uchun mas’uliyatni bo‘lishamizmi – bular tarix, tinchlik va xalq taqdiri bilan bog‘liq masalalardir”, degan Tramp.
U, shuningdek, Xitoy va AQSHning umumiy manfaatlari kelishmovchiliklardan ustun ekanini aytgan.
“Barqaror Xitoy-Amerika munosabatlari butun dunyo uchun foydali”, degan Tramp.
“Fukidid tuzog‘i” atamasi amerikalik siyosatshunos Grexam Allison tomonidan ommalashtirilgan bo‘lib, kuchayib borayotgan yangi davlat amaldagi global yetakchi davlatni siqib chiqarishga uringanda urush xavfi ortishini anglatadi.
Live
Barchasi