AQSH Venesuela bilan hamkorlik uchun kuch ishlatmoqchi
Olam
−
09:38 2078 1 daqiqa
AQSH hukumati Venesuela rahbariyatidan “maksimal darajada hamkorlik”ni ta’minlash uchun, agar boshqa usullar samara bermasa, kuch ishlatishga tayyor. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Senatning xalqaro munosabatlar bo‘yicha qo‘mitasidagi eshituvda ma’lum qildi.
Rubioning aytishicha, AQSH avvalo diplomatik va siyosiy usullardan foydalanishga harakat qiladi, biroq zarurat tug‘ilsa, kuch ishlatishdan ham voz kechmaydi.
“Agar boshqa usullar samara bermasa, biz maksimal hamkorlikni ta’minlash uchun kuch qo‘llashga tayyormiz, umid qilamizki, bunga hojat qolmaydi, ammo Amerika xalqiga bo‘lgan burchimiz va bu mintaqadagi vazifamizdan hech qachon chekinmaymiz”, degan Rubio.
Rubio vaqtincha Venesuela rahbari hisoblangan Delsi Rodriges AQSH kompaniyalari uchun mamlakatning energetika sektorini ochishga va’da berganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Venesuela neft qazib olishda Amerika kompaniyalariga imtiyozli kirish huquqi berishi, shuningdek, neft savdosidan tushgan mablag‘larni AQSH mahsulotlarini sotib olishga yo‘naltirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Venesuelaning muvaqqat hukumati Prezident Nikolas Maduro hokimiyatdan chetlatilib, Delsi Rodriges vaqtincha rahbar etib tayinlaganidan keyin kamida 4 nafar AQSH fuqarosini va o‘nlab mahbuslarni ozod qilgandi.
Live
Barchasi