AQSHda 5 ta “prava”si bo‘lgan o‘zbekistonlik hibsga olindi 

3-sahifa

image

Amerikaning Arizona shtatida beshta haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan 29 yoshli o‘zbekistonlik yuk mashinasi haydovchisi yo‘l-transport hodisasi sodir etgandan keyin hibsga olindi. Bu haqda AQSH Chegara patrul xizmati (US Border Patrol Yuma Sector) xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 19 noyabr kuni AQSHning Arizona shtati, Kvarsit shahri yaqinida avtohalokat sodir bo‘lgan. Hodisa tafsilotlari mahalliy politsiya tomonidan o‘rganilganda, o‘zbekistonlik erkakda 5 ta haydovchilik guvohnomasi borligi aniqlangan. Unga Nyu-Yorkda 2 ta, Ogayo shtatida esa 3 ta haydovchilik guvohnomasi berilgan.

Mahalliy huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari yuk mashinasi va tirkamani voqea joyidan olib ketgach, haydovchining shaxsiy ma’lumotlarini tekshirishni boshlashgan.

Tekshiruv davomida bu shaxs 2023 yil aprel oyida AQSHga noqonuniy ravishda kirgani aniqlangan. Joriy yilning iyul oyida immigratsiya sudyasi uni deportatsiya qilish haqida qaror chiqargan, biroq u bu buyruqqa bo‘ysunmay, ataylab mamlakatda qolgan.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston fuqarosining ishi yana deportatsiya jarayoniga ko‘rib chiqish uchun tegishli idoralarga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati (ICE) 31 yoshli o‘zbek muhojiri A.B.ni terrorchilik ishlarida aloqadorlikda gumon qilgan holda hibsga olgandi. Keyinroq u O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2 moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib, qidirilayotgan ma’lum bo‘ldi.  

Komila Qobilova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh o'zbekistonlik Arizona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing