AQSHda “Arqadag‘”ning samolyoti shikastlandi (video)

Olam

image

Joriy yilning 16-18 fevral kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlarining Florida shtatiga borgan Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov samolyotining gorizontal stabilizatori shikastlandi. Bu haqda “Turkmen News” nashri xabar berdi.

Davlat ommaviy axborot vositalari uning tashrifi dasturi haqida ma’lumot bermagan, faqat tashrif “ikki davlat o‘rtasidagi konstruktiv davlatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyatlarni ochishi” qayd etilgan.

Berdimuhamedov Fort-Loderdeyl xalqaro aeroportiga Boeing-777 samolyoti (EZ-A780 bort raqami) bilan yetib borgan. Biroq mahalliy blogerlar va jurnalistlarning kadrlarida samolyotning gorizontal stabilizatori shikastlangani aks etgan.

Berdimuhamedov bilan Ashxoboddan yana bir hukumatga tegishli Boeing-737 (EZ-A700 bort raqami) uchib borgan, u qisqa to‘xtash bilan Glazgo (Shotlandiya)da yonilg‘i to‘ldirgan. 

Berdimuhamedov Floridada nima bilan shug‘ullangani hozirgacha ma’lum emas. E’tiborlisi, aeroportdan 45 daqiqalik masofada AQSH Prezidenti Donald Trampning Mar-a-Lago xususiy qarorgohi joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyi o‘rtalarida Eron va AQSH o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi fonida Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning samolyoti mamlakat tashqarisiga chiqarib yuborilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh samolyot “Arqadag'”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing