AQSHda o‘zbekistonliklardan iborat jinoiy to‘da aniqlandi
Tahlil
−
13:50 2519 2 daqiqa
So‘nggi vaqtlarda AQSH OAV va huquq-tartibot idoralari tomonidan bir necha o‘zbekistonliklarga oid jinoiy holatlar keng yoritilmoqda. Turli shtatlarda qayd etilgan voqealar orasida oilaviy zo‘ravonlik, ko‘cha poygasi va yirik miqdordagi o‘g‘rilik bilan bog‘liq ayblovlar bor.
Nyu-Jersi shtatida 26 yoshli o‘zbekistonlik fuqaro oilaviy zo‘ravonlik va qurol bilan bog‘liq jinoyatlarda gumon qilinib hibsga olindi. Unga nisbatan og‘ir tan jarohati yetkazish, noqonuniy ushlab turish va tahdid qilish kabi ayblovlar qo‘yilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ish yuzasidan AQSH immigratsiya xizmati ham alohida tekshiruv boshlagan.
Ohayo shtatining Sinsinnati shahrida esa noqonuniy ko‘cha poygalariga qarshi o‘tkazilgan reyd davomida 6 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olingan. Ular stadion hududiga ruxsatsiz kirib, xavfli avtomobil harakatlarida ishtirok etganlikda gumon qilinmoqda. Mahalliy hokimiyat bunday holatlarga qarshi jarimalarni kuchaytirish bo‘yicha yangi chora-tadbirlarni ko‘ryapti.
Shuningdek, AQSH shimoli-sharqida bir guruh shaxslarga nisbatan 4,5 million dollarlik mahsulotlarni noqonuniy yo‘l bilan egallab olish bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ular ombor tizimlariga kirib, soxta hujjatlar orqali qimmatbaho yuklarni qo‘lga kiritgan. O‘g‘irlangan mahsulotlar orasida yirik miqdordagi oziq-ovqat va sigaret mahsulotlari ham bor.
AQSHdagi ushbu holatlar yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda.
Voqea tafsilotlari bilan batafsil tanishish uchun QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasi orqali ushbu videoni tomosha qiling.
Live
Barchasi