AQSHda yuk poyezdidan 6 kishining jasadi topildi

Olam

image

Kecha, 10 may kuni Texas shtatining janubiy chegarasidagi Laredo shahrida yuk poyezdi vagonida olti kishining jasadi topildi. Bu haqda CNN xabar berdi.

“Jasadlar mahalliy vaqt bilan soat 15:30 dan keyin San-Antoniodan taxminan 257 km janubda joylashgan Laredo shahridagi temir yo‘l zavodida – Union Pacific poyezdidan topilgan”, deydi Laredo politsiya departamentining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha xodimi Xose Espinoza.

Shuningdek, Laredo politsiyasi vakili Jo Baeza ularning o‘limi sabablari noma’lum ekanligini bildirgan. Yuk tashish kompaniyasiga ko‘ra, Union Pacific chegaralararo faoliyat yuritadi. Shu bilan birga, u Meksikaga barcha kirish nuqtalariga xizmat ko‘rsatadigan yagona temir yo‘ldir. 10 may kuni tushdan keyin Laredoda harorat past bo‘lgan, ammo issiqlik omil bo‘lganmi yoki yo‘q noma’lum.

Union Pacific hodisadan qayg‘uda ekanligini va tergov olib borish uchun huquqni muhofaza qilish organlari bilan yaqindan hamkorlik qilayotganini ma’lum qilgan.

Politsiyaning ma’lumotlariga ko‘ra, jasadlar muntazam temir yo‘l vagonlarini tekshirish paytida topilgan.

“Bu tergovning eng dastlabki bosqichi. Hozircha ko‘p narsa yo‘q”, deydi Baeza.

Espinozaning so‘zlariga ko‘ra, marhumlarning immigratsion maqomi va yoshi hali noma’lum.

Zarnigor Xudoyberdiyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh jasad yuk poezdi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing