AQSHga kuchli tornado yopirildi (video)
Olam
−
12:01 2570 1 daqiqa
AQSHning Oklaxoma shtatida kuchli tornado yuz berib, Enid shahrini deyarli butunlay vayron qildi. Xabarlarga ko‘ra, kamida 10 kishi jarohat olgan. Bu haqda “Life” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tornado shaharda katta talafot keltirgan– turar-joy binolari, infratuzilma va boshqa inshootlar jiddiy zarar ko‘rgan. Ba’zi hududlarda yuzlab binolar shikastlangan. Enid shahrida 47 mingdan ortiq aholi yashaydi.
Shuningdek, shahardagi Vens aviabazasi ham zararlangan. Hozirda qutqaruv xizmatlari vayronalar ostida qolgan odamlarni qidirish va tiklash ishlarini olib bormoqda.
Avvalroq, AQSHning boshqa shtatlarida ham noodatiy ob-havo hodisalari qayd etilgan edi. Masalan, Texasdagi ko‘llarda “bug‘li tornado” deb atalgan noodatiy atmosfera hodisasi kuzatilgan, biroq u xavfli emasligi aytilgan.
Umuman olganda, AQSHda so‘nggi yillarda kuchli bo‘ronlar va tornadolar tez-tez sodir bo‘lib, ayrim hududlarda jiddiy zarar yetkazmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Illinoys va Indiana shtatlariga kuchli bo‘ron va tornado yopirilgandi. Oqibatda kamida ikki kishi halok bo‘lib, bir necha kishi jarohatlangandi.
Live
Barchasi