AQSHda sayrga chiqqan it yosh bolalarning suyaklarini topib oldi
Olam
−
24 aprel 13648 2 daqiqa
AQSHning Tennessi shtatidagi Memfis shaxrida itni sayrga olib chiqqan bir kishi o‘rmonli hudud yaqinida bosh suyagiga o‘xshash narsani topib olgan. Bu haqda ABC News xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hozirda rasmiylar uch yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni va ularning o‘limi bilan bog‘liq holatlarni aniqlash ustida ishlamoqda.
Memfis politsiyasi boshlig‘i Serelin Devisning so‘zlariga ko‘ra, tergov 8 mart kuni boshlangan. Keyingi haftalar davomida esa Memfis politsiya departamentining qotillik bo‘limi va Shelbi okrugi tibbiy ekspertiza idorasi tergovchilari hududni tintuv qilish paytida qo‘shimcha odam qoldiqlarini ham topgan. Memfis politsiya boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, qoldiqlar u yerda bir necha yildan beri turgan deb taxmin qilinmoqda.
Xabarga ko‘ra, hodisa joyida qidiruv ishlari davom etmoqda. Jarayonlarga taxminan 170 nafar hodim jalb qilingan. Rasmiylarning so‘zlariga ko‘ra, qidiruv ishlariga mahalliy, shtat va federal agentliklar, jumladan, FQB yordam bermoqda.
Aytilishicha, qoldiqlarning hududdagi yaqinda bedarak yo‘qolganlarga aloqasi yo‘q. Shu sababli hozirda bolalar qoldiqlari Memfis shahridan tashqarida istiqomad qiluvchilarga tegishli ekanligi ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, hudud politsiyasi jamoatchilikni ham qanday ma’lumot topilganda bog‘lanishga chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, D4vd taxallusi bilan tanilgan amerikalik reper Devid Entoni Berk 14 yoshli qizchani o‘ldirishda gumon qilinib hibsga olingandi.
Shahzoda Shukurullayeva
Live
Barchasi