Akademiyaga kiritib qo‘yish uchun 12 ming so‘ragan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
11:54 2425 1 daqiqa
Toshkent shahrida Ichki ishlar akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 12 ming AQSH dollari so‘ragan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, tezkor tadbirda fuqarolar S.R. va S.Sh. o‘zaro til biriktirib, fuqaro B.M.ning ishonchiga kirib, uni go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Ichki ishlar akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yishlari evaziga 12 ming AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan paytida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28-211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Qizilqum U-19” jamoasi bosh murabbiyi 20 mln so‘m pora olayotganda qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi