“Al-Ittihod” Messiga umrbod shartnoma taklif qilmoqchi

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubi prezidenti Anmar Al-Xaili Lionel Messini o‘z jamoasida ko‘rishni orzu qilayotganini va bunga erishish uchun moliyaviy cheklovlarsiz harakat qilishga va umrbod shartnoma taklif qilishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda “The Footy Section” xabar berdi.

Argentinalik futbol yulduzi “Inter Mayami” bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnomaga ega bo‘lishiga qaramay, agar u kelajakda yangi klub tanlashni istasa, “Al-Ittihod” uni ochiq qo‘l bilan kutib olishga tayyor.

Al-Hailiyning so‘zlariga ko‘ra, klub zamonaviy futbolning eng buyuk o‘yinchisi bilan muzokara olib borishda barcha imkoniyatlarni ishga soladi. “Al-Ittihod” Messiga umrbod shartnomagacha bo‘lgan istalgan muddatga shartnoma taklif qilishga tayyor va uning maoshini belgilashda to‘liq erkinlik beradi.

“Men raqamlarga qiziqmayman. Men faqat bitta narsani xohlayman: Messi “Al-Ittihod” futbolkasini kiyishi. U tarixdagi eng buyuk o‘yinchi”, deydi klub rahbari.

Lionel Messi 2023 yil yozidan beri “Inter Mayami” safida o‘ynab kelmoqda va MLS’ning asosiy yulduzi hisoblanadi, ammo agar afsona qit’alarni o‘zgartirishga qaror qilsa, Saudiya Arabistoni buni amalga oshirishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Parijning PSJ klubi Luis Enrikega uzoq muddatli shartnoma, hatto umrbod shartnoma variantni taklif qilish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi “Inter Mayami” “Al-Ittihod”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing